O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ekspertlar xulosasi: O‘zbekiston hayvonot dunyosiga 258 million 360 ming so‘mlik zarar yetkazildi

2018-01-26 | Jamiyat

O‘zbekiston noyob jonivorlar-sayg‘oqlar va jayronlar saqlanib qolgan dunyoning besh mamlakatidan biridir.

Sahro kengliklarida yashashga moslashgan bu jonivor tabiat injiqlaridan emas, odamzotning hakalak otgan nafsi tufayli qirilib ketayotgani juda achinarli. Hayvon nafaqat go‘shti, balki shohlari (jayron shohlari sharq tabobatida keng qo‘llaniladi) uchun brakonyerlar o‘ljasiga aylanmoqda.

Jayron O‘zbekiston“Qizil kitobi“ga kiritilgan bo‘lib, uni yurtimizda ovlash taqiqlangan. Ammo...

2018 yil 20 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioinspeksiyaning hududiy inspeksiyalari inspektorlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan hamkorlikda Taxtako‘pir tumani “Kitay-kozgan” kollektori hududida tezkor reydlar olib borildi, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Turiniyoz Nurabullayev, Sidilla Arimbetov, Atamurat Berdiyarov, Salomat Iskandarov boshqaruvida bo‘lgan “UAZ-469”rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda ov quroli bilan otilgan 20 bosh yovvoyi jayron olib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob jonivorlarning nobud qilinishi oqibatida hayvonot dunyosiga jami 258 million 360 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Поделиться