O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” zavodida yiliga 16 ming “Peugeot Expert” va “Peugeot Boxer” rusumidagi eksportbop tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi

2018-01-25 | Iqtisodiyot

O‘tgan yili qurilishi boshlangan “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” zavodi to‘g‘risida bugun xorijda ham yaxshi bilishadi. Umumiy qiymati 133,3 million yevro bo‘lgan mazkur loyiha doirasida yiliga 16 ming “Peugeot Expert” va “Peugeot Boxer” rusumidagi eksportbop tijorat avtomobillari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Bunday zamonaviy avtomobillarga Fransiya, Eron, Rossiya va MDHning boshqa davlatlarida ehtiyoj katta.

Shu kunlarda zavod qurilishi uchun “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududidan ajratilgan 45 gektarlik yerda ish qizg‘in. Investitsiya loyihasi doirasida korxonaning qurilish-montaj ishlari joriy yil may oyiga qadar amalga oshiriladi, 2019 yilda mahsulot ishlab chiqarishni boshlaydi.

Bu zavodning ishga tushirilishi ham tarmoqdagi boshqa korxonalarda ish hajmining oshishiga olib keladi. Korxona ish boshlagan birinchi yildan boshlab avtomobil butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi 30 ga yaqin yirik va 160 dan ziyod o‘rta va kichik korxonalarni jalb etish yo‘li bilan kamida 50 foiz mahalliylashtirish darajasini ta’minlash rejalashtirilgan. Yangi korxonada 600 dan ziyod ish o‘rni yaratiladi.

 

Toshqul Beknazarov, O‘zA

Поделиться