O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qobulda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sotuvi yo‘lga qo‘yiladi

2018-01-24 | Iqtisodiyot

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining katta maslahatchisi Xumoyun Qayumiy boshchiligidagi delegatsiya a’zolari “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati bilan uchrashdi, deb xabar qildi Jamiyat matbuot xizmati.

Delegatsiya a’zolari Afg‘onistonda O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan GM Uzbekistan, SamAuto hamda JV MAN Auto Uzbekistan avtomobillariga qiziqish yuqoriligi qayd etib, mazkur korxonalar mahsulotlarini tez fursatlarda Qobuldagi O‘zbekiston savdo uyida ko‘rish istagida ekanligini bildirdi. 

Uchrashuvda Afg‘oniston Prezidentining MDH mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sayid Shahobuddin Timuriy, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, kompleks rahbari Nodir Otajonov, davlatimiz rahbarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev hamda “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Umidjon Salimov avtomobilsozlikda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdi. 

“O‘zavtosanoat” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni Afg‘onistonda xarid qilish, sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish, kadrlar malakasini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Поделиться