O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi hamdardlik bildirdi
2018-01-23 | Jamiyat
Tojikiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi raisi Rustam Nazarzoda Qozog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi “Samara-Chimkent” avtoyo‘lida yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘lishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.
Tojikiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi raisining bergan axborotida “Ushbu fojea qurbonlarining oilalariga, qarindoshlariga va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz. Yana bir bor hamdardlik va ta’ziya izhor qilamiz” deb bayon qilingan.