O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda dafn marosimlari bo‘lib o‘tdi

2018-01-23 | Jamiyat

Bugun soat 05.40 da O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining samolyoti Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan avtobus yong‘inida halok bo‘lganlar hoki bilan Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ndi. 

Marhumlar viloyat ishchi komissiyasi tomonidan yuqori darajada ko‘rilgan tashkiliy-chora tadbirlarga asosan viloyat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinalarida tezkorlik bilan To‘raqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlaridagi motamsaro xonadonlarga yetkazib borildi. 

Halokat qurbonlarining bir vaqtning o‘zida o‘qilgan janoza namozida aholi bilan bir qatorda viloyat va tumanlar rahbariyati, keng jamoatchik vakillari ham ishtirok etib, bevaqt halok bo‘lgan yigitlar haqiga duoi fotiha qildi. 

O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Namangan viloyatidagi vakili Abdulxay Tursunov, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limining raisi Ikromxon Najmiddinov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat ahli nomidan marhumlarning ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlariga hamdardlik izhor qilib, sabr-bardosh tiladi. 

 

Akramjon Sattorov, O‘zA

Поделиться