O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSh Kongressida brifing

2018-01-23 | Siyosat

Vashington shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Kongressi Kutubxonasida o‘tkazilgan brifingda nutq so‘zladi.

Brifing Shavkat Mirziyoyev prezidentligining dastlabki yili yakunlariga hamda mamlakatni 2018- va keyingi yillarda rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga bag‘ishlandi.

O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra tadbirda Kongress a’zolari, AQSh ma’muriyati vakillari, ekspertlik, ishbilarmon va jamoatchilik doiralari, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi hamda Vashington shahrida joylashgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Vazir yig‘ilganlarni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘z lavozimidagi birinchi yilida taklif etilgan va amalga oshirilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar hamda istiqboldagi rejalar to‘g‘risida xabardor qildi. Qatnashchilarga davlat rahbarining O‘zbekiston Oliy Majlisga murojaatnomasining asosiy mazmuni tushuntirildi. Respublika hayotining barcha jabhalaridagi islohotlar “inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘” degan aniq va sodda tamoyil asosida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. O‘tgan vaqt mobaynida erishilgan yutuqlar O‘zbekistonni tubdan o‘zgartirdi, “mamlakatga yangi ko‘rinish baxsh etdi”.

Brifing ishtirokchilari oldida Kongress Vakillar palatasining Yevropa, Yevrosiyo va vujudga kelayotgan tahdidlar bo‘yicha kichik qo‘mitasi raisi Dana Rorabaxer tabrik nutqi bilan chiqish qildi. U O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarning natijalariga yuqori baho berdi.

“Mamlakatingiz kelajagi borasida men hech qachon bugungidek kuchli ishonchni his qilmaganman”, - dedi kongressmen. Chet el investorlariga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va katta miqyosdagi iqtisodiy o‘zgarishlar AQSh bilan hamkorlik eshiklarini ochadi. U Vashington Toshkent bilan yaqinlashish borasida tutgan yo‘lini davom ettirishi kerakligini qayd etdi, zero “O‘zbekiston mintaqadagi o‘zining yetakchilik pozitsiyasini mustahkamlamoqda va xalqaro maydondagi sezilarli ishtirokchiga aylanmoqda”, - deb ta’kidladi.

Brifing ishtirokchilari O‘zbekistonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarning keng ko‘lamliligi va teranligini e’tirof etishdi. Iqtisodiyotni liberallashtirish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi islohotlar hamda milliy valyutaning to‘liq konvertatsiya qilinishiga o‘tilishi alohida qayd etildi. AQSh yetakchi kompaniya va ishlab chiqaruvchilarining vakillari qatoridagi tadbir mehmonlari so‘nggi yildagi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida ko‘rilgan choralar O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini sezilarli mustahkamlashga imkon bergani, mamlakatda xorijiy biznes uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani, chet el investorlarining huquqlari kafolatlanganiga to‘xtalib o‘tishdi.

AQShning siyosatni shakllantiruvchi doiralari vakillari tomonidan o‘tgan yil davomida parlament va davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlari rolining kuchayganligiga e’tibor qaratildi. Davlat rahbari har bir majlisda qonun yaratuvchilarni faollikka chaqirishi, Prezidentning dekabr oyidagi Oliy Majlisga murojaatnomasi esa mazmunan “o‘zbek parlamentarizmi uchun tarixiy hodisa” bo‘lganligi ta’kidlandi.

Brifingda qatnashgan AQSh jamoatchilik va nohukumat doiralarining vakillari O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev rahbarligi ostidagi bir yil ichida demokratiya asoslarini mustahkamlash borasida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritganini e’tirof etishdi. Bugun mamlakatda mintaqada o‘xshashi bo‘lmagan fuqarolarning davlat idoralariga murojaatlari bilan ishlash tizimi hamma joyda ochilgan “xalq qabulxonalari” hisobiga muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Brifingda ishtirok etgan AQSh jamoatchilik va nohukumat doiralari vakillari tomonidan Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston bir yil ichida demokratiya poydevorini mustahkamlash borasida ulkan yutuqlarga erishganiga urg‘u berildi. Bugungi kunda mamlakatning barcha hududlarida tashkil etilgan “xalq qabulxonalari” orqali fuqarolarning davlat boshqaruvi organlariga murojaatlarining mintaqada yagona tizimi amal qilmoqda.

Tadbirda ma’ruza qilgan ekspertlar tomonidan qayd etilganidek, o‘tgan yil davomida O‘zbekistonda davlat tashkilotlari o‘rtasidagi ta’sir muvozanatini saqlash tizimi samaradorligi sezilarli darajada mustahkamlandi va bu Hukumat faoliyati shaffofligini o‘sishida aks etdi. Sog‘lom iqtisodiy muhitni shakllantirishga imkon bermayotgan ma’muriy to‘siqlarni, xususan soliq va huquq-tartibot organlari tomonidan tadbirkorlikni to‘satdan tekshirish amaliyotini tugatish evaziga milliy iqtisodiyotini “bozor yo‘liga” olib o‘tish bo‘yicha davlat rahbarining sa’y-harakatlari qayd etildi.

O‘zbekiston rahbariyati tomonidan mintaqa ichida hamkorlikni o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlari mehmonlarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Bu kabi sa’y-harakatlar mamlakatning haqiqattan ham “Markaziy Osiyoning yuragi” bo‘lib, mintaqada yangi muloqotni o‘rnatishda muhim o‘rin egallashga tayyor ekanligi ta’kidlandi. Toshkentning qat’iy diplomatik qadamlari mintaqadagi keskinliklar darajasini sezilarli darajada pasaytirdi va ko‘plab jiddiy masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqotga qaytish imkonini berdi.

Tadbir o‘tkazilgan Kongress kutubxonasi shu turdagi muassasalar orasida dunyodagi eng yiriklaridan biri va AQSh qonun chiqaruvchisi tizimiga kiruvchi eng qadimiy madaniy-ma’rifiy institut hisoblanadi. Uning zaxirasida 164 million nusxadan ortiq kutubxona fondi mavjud. U Kongress tadqiqot instituti sifatida xizmat qiladi. Kongress a’zolari va senatorlar, shuningdek, AQShning barcha davlat idoralariga xizmat qiladi. Har yili ushbu kutubxonaning 18 ta o‘qish zaliga 1,7 milliondan ziyod mehmon tashrif buyuradi. Bu yerda dunyoning 420 tillaridagi kitob fondi nusxalari, shuningdek, mamlakatimizning boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi o‘zbek tilidagi kitoblar to‘plami, fotosuratlar va qo‘lyozmalar saqlanadi.

Поделиться