O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
The Times gazetasi: O‘zbekistondagi ajoyib sayohat
2018-01-22 | Turizm
Prezidentimizning 02.12.2016 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik industriyasining jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” №PF-4861-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishda “World Travel Market” kabi muhim tadbirlar doirasida O‘zbekistonning ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot turlarini, shuningdek, ikki mamlakat sayyohlik operatorlarining taqdimotlari va B2B uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha faol hamkorlik ishlari olib borishmoqda. Yaqinda Britaniyaning nufuzli The Times gazetasida “Book now! Where to go in 2018” maqolasi chop etildi.
O‘zbekiston obro‘li nashr tomonidan 2018 yilda safar qilish tavsiya etiladigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan. O‘zbekiston bilan bir qatorda, ro‘yxatda ingliz sayyohlari uchun an’anaviy joylar Yaponiya, Turkiya, Avstraliya, AQSh, Seyshel orollari va boshqa shu kabi mamlakatlar mavjud.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonga tashrif – bu “ajoyib sarguzasht” bo‘lib, 2017 yilda ingliz sayyohlik kompaniyasi Translndus tomonidan mamlakatimizga 15 kunlik sayohatning muvaffaqiyatli amalga oshirilgani bunga misol bo‘ladi. Maqolada sayyohlik yo‘nalishning o‘sayotganligini tasdig‘i sifatida “2018 yil O‘zbekistonda ushbu turistik sayohatlarning to‘liq dasturi juda tez sotiladi” deb xabar bermoqda. Translndus O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosini ommaviylashtirish va sayyohlik salohiyatni ommalashtirish bo‘yicha axborotni targ‘ib qilishda elchixona bilan faol hamkorlik qiladigan ko‘plab ingliz sayyohlik agentliklaridan biri ekanligini ta’kidlash lozim.