O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi
2018-01-21 | Siyosat
2018-yilning 18-yanvar kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov beshta Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi.
Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasida hamkorlik qilish, mavjud muammolarni konstruktiv hal etish, jumladan, xavfsizlikka tahdid soluvchi zamonaviy xavflarga qarshi kurashish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik kengashidagi raisligi doirasida o‘tkaziladigan Xavfsizlik kengashi tadbirlarida – “Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari” nomli brifingda va vazirlar darajasidagi “Xavfsizlik va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liq modeli sifatida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi ochiq munozaralarda ishtirok etish maqsadida AQShga tashrif buyurgan.
Qayd etilganidek, mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini inobatga olish asoslangan ko‘p tomonlama samarali hamkorlik butun Markaziy Osiyo va har bir mamlakatning jadal rivojlanishiga imkon yaratadi.
Shu nuqtayi nazardan “Markaziy Osiyo mamlakatlari – Afg‘oniston” yangi konsultativ shakldagi birinchi vazirlar uchrashuvini Toshkent shahrida o‘tkazish tashabbusi qo‘llab-quvatlandi.