O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Angor tumanida bo‘ldi

2018-01-19 | Siyosat

Prezidentimiz Angor tumanidagi “Bio texno eko” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Zavod Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlaridan chiqindilarni yig‘ish, saralash, qayta ishlash hamda ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Bir yilda 182 ming tonnadan ortiq chiqindini qayta ishlash orqali bu yerda polietilen quvurlar, shishadan mozaika va plitkalar, yog‘ochdan yoqilg‘i briketlari, qog‘oz chiqindisidan karton va qog‘ozlar, oziq-ovqat chiqindisidan biogaz hamda biogumus ishlab chiqariladi. Korxona joriy oy oxirida ish boshlashi rejalashtirilmoqda. Ayni paytda 150 kishi ishga qabul qilingan. Zavod to‘liq ishlagach yana 250 kishi ish bilan ta’minlanadi. 

Shu yerning o‘zida gidroenergetika, transport, ko‘mir sanoati va boshqa sohalarni rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanish loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Поделиться