O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ko‘zdan kechirdi

2018-01-19 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi «Jarqo‘rg‘on meva-sabzavot eksport» korxonasiga tashrif buyurdi. Bu yerda dukkakli don mahsulotlarini saralab, eksportga yo‘naltirish yo‘lga qo‘yilgan.

Shu yerda viloyatni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar namoyish etildi. Davlatimiz rahbari Angor, Denov, Sherobod, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Sariosiyo, Oltinsoy va Qiziriq tumanlarida klaster usulida paxta yetishtirish, hududiy eksport salohiyatini oshirish dasturlari bilan tanishdi. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida olib borilayotgan qurilish ishlari, Termiz shahri, Denov va Qiziriq tuman markazlarida amalga oshiriladigan bunyodkorlik rejalari yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Поделиться