O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga keldi
2018-01-19 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, avval belgilangan vazifalarning ijrosi bilan tanishish maqsadida 19 yanvar kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Surxondaryo viloyati ulkan iqtisodiy imkoniyatlari, geografik va transport salohiyati bilan mamlakatimiz hayotida muhim o‘rin tutadi. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ana shu salohiyat va imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Zamonaviy korxonalar tashkil etilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Qishloq xo‘jaligi, kichik biznes izchil rivojlanmoqda.
Davlatimiz rahbari Surxondaryoga tashrifi davomida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi rejalashtirilgan.