O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2017-yil oxiridagi eng faol internet-virus aniqlandi

2018-01-19 | Texnologiyalar

Komputer xavfsizligi sohasida antivirus dasturiy ta’minoti va yechimlarini ishlab chiquvchi xalqaro “ESET” kompaniyasi o‘tgan yilning so‘nggi oyida mamlakatimiz internet foydalanuvchilari duch kelgan zararli dasturiy ta’minot reytingini taqdim etdi.

Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, 2017-yil dekabr oyida “ESET” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan NOD32 antivirusidan 18 foizdan ortiq foydalanuvchining komputerini zararli dasturiy ta’minot bilan zararlashga urinishlar bo‘lgan. O‘rganishlar asosida O‘zbekiston bo‘ylab eng keng tarqalgan va faol zararli dasturiy ta’minotlar reytingi tuzildi. Unga ko‘ra, global va mahalliy reyting bo‘yicha foydalanuvchining brauzeriga uning ruxsatisiz kriptovalyuta hosil qiluvchi “JS/CoinMiner” dasturi birinchi o‘rinni egalladi. Uning skriptlari zararli va zararlanish ehtimoli mavjud saytlarga o‘rnashib oladi. Shuningdek, dekabr oyida zararlangan moslama egalariga talay noqulayliklar keltirib chiqaradigan “Adware.PBot” reklama dasturiy ta’minotining faollashuvi ham kuzatilgan. Yurtimizdagi ko‘plab foydalanuvchilar “JS/Redirector” troya dasturi tomonidan zararlanish urinishlariga duch kelgan. Jinoyatchilar undan foydalanuvchilarni zararli veb-sahifalarga yo‘naltirishda foydalanadi. 

Joriy yilda zararlanish ehtimolidan qutilib qolish maqsadida “ESET” kompaniyasi shubhali sayt va havolalarga e’tibor bermaslik, operatsion tizim va turli dasturiy mahsulotlarni muntazam yangilab turish hamda shaxsiy komputer va mobil telefonlarini zamonaviy antivirus yordamida himoya qilishni tavsiya etadi.

 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться