O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Uzbek Tigers” 10-fevralda “Cuba Domadores”dan revansh oladi

2018-01-19 | Sport

Boks bo‘yicha WSV – Butunjahon boks seriyasi yo‘nalishining VIII mavsumida “Uzbek Tigers” jamoasi guruh bellashuvlarida Kubaning “Cuba Domadores”, Venesuellaning “Veneszuela Caciques” va Kolumbiyaning “Colombia Heroicos” jamoalari bilan kuch sinashishadi.

Mazkur musobaqada jamoamiz ilk uchrashuvni 10 fevral kuni kubalik bokschilarga qarshi o‘tkazadi. 

“Uzbek Tigers” va “Cuba Domadores” bellashuvida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan bokschilar bilan tanishing: 

57 kg: Jasurbek Latipov; 
60 kg: Shunqor Abdurasulov; 
69 kg: Mahmud Gaipov; 
81 kg: Sanjar Tursunov; 
+91 kg: Bahodir Jalolov.

 
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться