O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining asosiy mazmuni va mohiyatini keng xorijiy jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha brifing

2018-01-16 | Siyosat

2018 yil 16 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Murojaatnomaning, shuningdek, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat. Aynan shu maqsadda tadbirga O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan xorijiy OAV vakillari, shuningdek, milliy ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etildi.

Oliy Majlis Senati Raisi o‘rinbosari S. Safoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari S. Otamurotov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari S.Niyazxodjayev va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Burxanov tadbir spikerlari bo‘ldilar.

Brifing chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasining asosiy mazmuni va mohiyati muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari Murojaatnoma va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan kelib chiqadigan O‘zbekistonni 2018 yilda rivojlantirish bo‘yicha dolzarb maqsad va vazifalar, shuningdek, ushbu tashabbuslarni amalga oshirish mexanizmlari bilan atroflicha tanishtirildi. Ishtirokchilar mamlakatimiz va jamiyatni inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida yanada demokratlashtirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasida O‘zbekiston Respublikasining ustuvor maqsadlari va 2018 yilda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasining asosiy qoidalari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, tinglovchilarga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasini o‘tkazishning borishi haqida so‘zlab berildi.

Tadbirda OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Eslatib o‘tish joizki, 2017 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilk bor Oliy Majlisga Murojaatnoma bilan chiqish qilib, unda 2017 yil yakunlarini sarhisob etilib, 2018 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Videokonferensaloqa vositasida tadbirni deputatlar, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillari, shuningdek, mamlakatimizning chet davlatlardagi elchilari kuzatdilar.

2018 yilga Davlat dasturining keng muhokamasi www.regulation.gov.uz portalidagi 2018.strategy.uz saytida yo‘lga qo‘yildi. Qisqa vaqtda aholidan 4000 dan ortiq (15.01.2018 y. holatiga) fikr-mulohaza va takliflar kelib tushdi, bu 2017 yilga Davlat dasturi muhokamasi paytidagiga nisbatan uch barobar ko‘pdir. 2018 yilning 20 yanvarigacha bo‘lgan muddatda jamoatchilik muhokamasi natijalari va kelib tushgan takliflar tahlili asosida Davlat dasturining takomiliga yetkazilgan loyihasi tasdiqlash uchun kiritiladi.

Поделиться