O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘ZRTXB” AJ faoliyatining 2017 yil yakunlari

2018-01-16 | Iqtisodiyot

2017 yilda birjaning savdo platformalarida ijobiy natijalar erishildi. O‘zRTXB da tuzilgan barcha bitimlarning umumiy hajmi 2016 yil davri bilan solishtirganda 15,2% ga o‘sib, 13,88 trln so‘mni tashkil etdi. Xususan, birja bitimlarining hajmi 20,1% ga oshib, 11,35 trln so‘mga yetdi. Bunda bir qator tovar pozitsiyalar bo‘yicha natural ko‘rinishda o‘sish kuzatildi, shu jumladan polipropilen 3 marotabaga, shakar – 97,5% ga, mineral o‘g‘itlar – 37,7% ga, alyuminiy – 23,6% ga, paxta shroti – 13,1% ga, mis – 10,1% ga o‘sdi.

Shuningdek, hisobot davrida 1706 ta standart birja shartnomalari, shu jumladan kalsiy fosfati, qayta ishlangan moy, kimyoviy cho‘ktirilgan bo‘r, metilatsetat, dolomit bo‘laklari, ammiakli kalsiy selitrasi kabi yangi tovarlar bo‘yicha ochildi. Sotilgan mahsulotlar tarkibida bozorning ahamiyatli qismini qurilish mollari - 25%, iste’mol mahsulotlari – 21%, qora va rangli metall – 19% ni egalladi.

Elektron savdo ishtirokchilarning akkredatsiyadan o‘tkazish jarayoni soddalashtirilganligi sababli birjada yangi mijozlarni soni 22% ga o‘sdi. Birja savdolarida sof bozor narxlari shakllangani hisobiga sotuvchi-tashkilotlar 3,7 trln so‘mlik qo‘shimcha daromad olishdi.

O‘tgan yilda tadbirkorlik subyektlarining O‘zRTXB elektron savdolarida keng ishtiroki ta’minlandi. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtiroki bilan tuzilgan bitimlarning umumiy qiymati 2016 yilga nisbatan 12% ga o‘sib, 9,4 trln so‘mni tashkil etdi. Ya’ni tadbirkorlar birja orqali 6,7 trln so‘mlik tovar resurslarini xarid qilib, 2,7 trln so‘mlik mahsulot sotdilar. Bunda tadbirkorlarning mahsulotlarini sotish hajmi 15% ga o‘sdi. Bu esa biznes vakillarining birja savdolari va elektron tijoratda ishtirok etishga bo‘lgan qiziqishlari ortganligidan dalolat beradi.

2017 yilda ko‘rgazma-yarmarka savdolari tizimida 1,6 trln so‘mlik 66,8 mingta bitim tuzildi va bu 2016 yilga nisbatan 10% ga ko‘pdir. Birjaning ko‘rgazma-yarmarka savdolari va valyuta savdo maydonchasi orqali 58,3 mln AQSH dollarlik mahalliy mahsulotlar eksport qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustidagi 683–sonli qarorini bajarish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalarida sotish bo‘yicha yangi savdo platformasi ishga tushirildi. Avtoraqamlarni sotish bo‘yicha onlayn auksion birjaning yangi avtoraqam.uzex.uz vebsaytida amalga oshirila boshladi.

AVTORAQAM tizimi ishga tushgan paytdan boshlab 2017 yilning oxiriga qadar “O‘zRTXB” AJ ning onlayn auksioni orqali umumiy qiymati 27,6 mlrd so‘mlik 1364 ta “chiroyli” avtoraqamlar jismoniy va yuridik shaxslarga sotildi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida “O‘zRTXB” AJ rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabul qilish tashkillashtirildi, hamda respublikamiz tumanlarida tadbirkorlar ishtirokida bir qator uchrashuv va o‘quv seminarlar, OAV xodimlari uchun matbuot anjumanlari va press-tur o‘tkazildi. 2017 yilning noyabridan jahonning yetakchi biznes kanallarining zamonaviy talablariga javob beruvchi “UZEX xabarlari” korporativ televizion ko‘rsatuvining yangi tahriri ishga tushirildi.

Поделиться