O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda jurnalistlarni tayyorlashda Hindiston tajribasidan foydalaniladi

2018-01-15 | Jamiyat

Bugun, 15 yanvar kuni O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti vakillari Hindiston ommaviy kommunikatsiya institutiga (Indian institute of mass communication) tashrif buyurdi.

Safardan ko‘zlangan maqsad jurnalistika sohasida Hindistonda yetakchi oliy ta’lim muassasasi – Ommaviy kommunikatsiya instituti (Indian institute of mass communication) bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat.

Uchrashuvlarda tomonlar talaba va o‘qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy anjumanlar tashkil etish, ilmiy tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish va shu kabi foydali hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib oldilar.

Safar davomida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda jurnalistika ta’limi sohasida xorijiy tajribani o‘rganish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, yosh jurnalistlarning chet tillarini mukammal o‘rganish masalalariga alohida to‘xtalgan edi.

Поделиться