O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar qalbiga quloq tutildi
2018-01-15 | Jamiyat
Xorazm viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi tomonidan Urganch davlat universitetida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida davra suhbat tashkil qilindi.
Suhbatda viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Ismoilov, Urganch davlat universiteti kasaba uyushma qo‘mitasi raisi O. Atajanov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil va samarali amalga oshirilayotganligini ta’kidladilar. Ushbu siyosat yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan tashabbuskor va shijoatli avlodni voyaga yetkazish kabi ezgu maqsadlarga yo‘naltirilgandir.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlagan holda yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab tadbirlar uyushtirilmoqda. Aytaylik, jamoat ishlarida va o‘qish jarayonida faol qatnashgani uchun Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti 4-bosqich talabasi Omongul Egamberganova O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi o‘zi tanlagan sanatoriyda sog‘ligini tiklash uchun bepul yo‘llanma bilan taqdirlandi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Kompyuter injiniring” fakulteti talabasi Melixol Umrzoqova eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdoridagi stipendiyasiga munosib ko‘rildi.
Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, taklif va mulohazalarini bildirdilar