O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Asossiz gumonlar asosida shaxsni ovora qilishga chek qo‘yiladi

2018-01-15 | Jamiyat

Idora va tashkilotlarga borganda behuda qog‘ozbozliklardan aziyat chekkanmisiz? Ha, deyishingiz turgan gap. Chunki qo‘lingizda fuqarolik pasporti, unda qayerda yashashingiz haqida ma’lumot aks etgan bo‘lsa-da, yashash joyingizdan “spravka” olib keling, demaydigan idorani kunduzi chiroq yoqib topib bo‘lmasdi. 

Lekin bugun hayot, zamon o‘zgarmoqda. Shu yil 9-yanvarda rasmiy e’lon qilingan “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan ortiqcha qog‘ozbozliklar barham topmoqda. 

Qonunda taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanadi, deb belgilab qo‘yilgani shunga zamin yaratadi. 

Ayrim hollarda hayotimizda shunday holatlar ham kuzatiladiki, mutasaddi organlarga taqdim etgan hujjatlarni qonunda belgilanmagan bo‘lsa-da, qayerdandir qo‘shimcha tasdiqlatib kelish talabi qo‘yiladi. Bu esa odamlarning sarson bo‘lishiga olib kelgani sir emas. 

Bunday holatlarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik maqsadida taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligiga shubha paydo bo‘lgan taqdirda, ma’muriy organ ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va o‘z hisobidan tekshirish choralarini ko‘rishi qonunda mustahkamlandi. 

Ya’ni asossiz gumonlar asosida shaxsni ovora qilishga endi chek qo‘yiladi. Kim shubhalansa, o‘z hisobidan murojaat qiluvchini ovora qilmasdan tekshirish choralarini ko‘radi. 

Qonunda taqdim etilgan hujjatlarning yoki ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallar talab qilish, agar qonunda bunday talab belgilanmagan bo‘lsa, taqiqlanishi mustahkamlab qo‘yildi. 

Qonun hujjatlarining bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklari va noaniqliklari manfaatdor shaxslar foydasiga talqin qilinishi ham ta’bir joiz bo‘lsa inqilobiy yangilikdir. Chunki inson manfaatlari unga bog‘liq bo‘lmagan holatlar, boshqalarning xato va kamchiliklari tufayli aziyat chekmasligi lozim. 

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi yangi qonunda yana qanday me’yorlar aks etgan? Bu haqdagi batafsil sharh bilan saytimizda tanishasiz.  

 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться