O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat xaridlari: yangi huquqiy asos
2018-01-15 | Iqtisodiyot
Davlat sektorining uzluksiz va samarali faoliyat yuritishida unga zarur bo'lgan tovarlar va xizmatlar ta'minoti alohida o'rin tutadi. Bu jarayonda davlat xaridlari imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, davlat byudjeti xarajatlarining kattagina qismi davlat xaridlari orqali amalga oshiriladi va bunday xaridlar byudjet muvozanatini saqlashga bevosita ta’sir qiladi. Shu bois, davlat xaridlari miqdorini eng maqbul darajada saqlab turish uchun uning samaradorligini oshirish o‘ta muhimdir. Bunda, eng avvalo, huquqiy asos katta rol o‘ynashi tabiiy.