O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatida konteynerlar bilan jihozlangan 61 ta chiqindi to‘plash shoxobchasi quriladi

2018-01-12 | Jamiyat

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga doir qator loyihalar asosida zaharli gazlarni kamaytirish, chiqindilarni to‘plash, utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash bo‘yicha aniq va amaliy tizim yo‘lga qo‘yilgan. 

Chiqindilar to‘planadigan mavjud poligonlarning sanitariya qoidalari va gigiyena me’yorlariga javob berishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Aksariyat joylarda chiqindilar tartibsiz ravishda to‘planadigan punktlar hamon saqlanib qolayotgani tufayli ularga tutash hududlarning sanitariya-epidemiologiya holati yomonlashib, yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. 

Prezidentimizning 2017- yil 21- apreldagi “2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlarning sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilash, chiqindi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish tizimini tubdan takomillashtirish hamda rivojlantirishni yanada kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

– 2017- yilda viloyatdagi 21 chiqindixonada 3 million tonnadan ortiq, 32 chiqindini qayta ishlash korxonalari tomonidan 7 million 300 tonna chiqindi qayta ishlash uchun qabul qilindi, – deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Turdiyev. – Bundan tashqari, 21 korxona va tashkilot shartnoma asosida 28 ming 378 dona yaroqsiz simobli lampalarni demerkurizatsiya qilish uchun maxsus joylarga yetkazdi. Chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini kelgusida yanada rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish ish samaradorligini yanada oshiradi. 

2017- yilda “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tomonidan viloyat tuman va shaharlarida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 61 chiqindi to‘plash shoxobchasi qurildi. Joriy yilda yana 47 shoxobcha qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash rejalashtirilgan. 

Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini jamoatchilikka tushuntirish, yoshlar o‘rtasida ekologik ta’lim-tarbiyani targ‘ib qilish borasida Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hududdagi 140 ta’lim muassasasi, 2 ming 717 korxona-tashkilot hamda 103 mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbatlari, muloqot va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib, fuqarolar murojaatlari tinglandi. Jumladan, Angren, Olmaliq, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlari, Chinoz, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Bo‘stonliq tumanlarida yoshlar uchun “Biz tabiat bilan birgamiz”, “Toza havo” va “Tabiat sofligi – sog‘lig‘imiz garovi” kabi mazularda o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Joriy yilda ham bu borada ko‘plab loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

 
Abdulaziz Musayev, O‘zA

Поделиться