O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Misrda O‘zbekiston haqida kitob nashr etildi

2018-01-12 | Jamiyat

Misrlik mashhur yozuvchi, O‘rta Osiyo ishlari bo‘yicha Qohira universiteti tadqiqotchisi Sayyid Ahmad Abduh Tarabekning “O‘zbekiston va islom sivilizatsiyasi o‘choqlari” nomli kitobi nashrdan chiqdi. 

Yozuvchi 2014-yildan beri O‘zbekistonga Parlament va Prezident saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurib, O‘zbekiston diyoridan chiqqan allomalar, tarixiy shaxslar va bugungi islohotlar haqida maqolalar yozib turadi.

Yozuvchining ushbu kitobi Movarounnahr hududidan yetishib chiqqan va tafsir, hadis, fiqh, tilshunoslik, matematika, tibbiyot, falsafa, astronomiya va boshqa ilmlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarga bag‘ishlangan. Kitobda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Imom Zamaxshariy, Abu Ali Ibn Sino, Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Qaffol Shoshiy kabi yigirmadan ortiq bobolarimiz aynan hozirgi kundagi O‘zbekiston hududidan ekanligini barchaga tanishtirishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, kitobda Amir Temur va temuriylar, g‘aznaviylar va xorazmshohlar haqida ham ma’lumotlar berib o‘tgan.

 

A’zamxon Abdurahmonov

Поделиться