O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
2018-01-11 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi davlat soliq xizmati organlaridagi bo’sh bo’lgan lavozimlarga ishga taklif qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlarining rahbarlik va inspektorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilish hamda lavozimlariga tayinlash O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 avgustdagi 677-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o’tash to’g’risida»gi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Soliq organlari xizmatiga yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasb, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy sifatlariga, ma’lumoti darajasiga va salomatligiga ko‘ra, davlat soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.