O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamkorlikning yangi qirralari
2018-01-11 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida Xitoy Xalq Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi XXR Jamoat xavfsizligi vazirligining rasmiy vakili Lyu Tunpin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv IIV Akademiyasi delegatsiyasining Xitoy xalq politsiya universiteti va qurolli politsiya Akademiyasiga tashrifi (2017 yil 26-29 dekabr) yakunlari bo‘yicha o‘tkazildi.
IIV Akademiyasi boshlig‘i general-leytenant Bahodir Matlyubov bo‘lib o‘tgan tashrifning natijadorligini qayd etib, akademik mobillik doirasida maxsus o‘quv kurslarini, shuningdek Xitoy xalq politsiya universiteti va O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida har ikkala oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va kursantlari uchun “master-klass” darslarini tashkil etish yuzasidan o‘zaro kelishuvlarga erishilganligini ma’lum qildi.
Xitoy Xalq Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi XXR Jamoat xavfsizligi vazirligining rasmiy vakili Lyu Tunpin erishilgan o‘zaro kelishuvlarning amaliy ahamiyatini qayd etib, rasmiy vakil sifatida rejalashtirilgan tadbirlar amalga oshirilishini jadallashtirilishida hamma imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.
Uchrashuv kelgusida o‘zaro hamkorlikning ravnaq topishiga asos bo‘ladigan manfaatli, konstruktiv dialog ruhida o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi