O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld bilan uchrashuv o‘tkazildi

2018-01-11 | Siyosat

2018 yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish, jumladan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish, mahsulotlarni qayta ishlash kabi sohalarga Germaniyaning yetakchi kompaniya va firmalarining zamonaviy texnologiya va texnikalarini jalb etish, shuningdek, joriy yil yanvar oyida Berlinda o‘tkaziladigan “Yashil hafta – 2018” xalqaro yarmarkasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar, tashqi savdo kompaniyalari, qayta ishlovchi korxonalarining keng ishtirok etishini ta’minlash kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi.

Поделиться