O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen Biyet de Vilmor xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2018-01-11 | Siyosat
2018 yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen Biyet de Vilmor xonimni qabul qildi.
Uchrashuvda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, qoramolchilik, qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, naslchilik ishlarini takomillashtirish, nasldor hayvonlar bosh sonini ko‘paytirish orqali soha samaradorligini oshirish istiqbollari haqida so‘z bordi.