O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Parlamentning yangi qo‘mitasi a’zolari uyma-uy yuradi
2018-01-10 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 4-yanvar kuni Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tashkil etilgan edi.
Quyi palatada tashkil etilgan yig‘ilishda mazkur qo‘mitaning 2018-yilga mo‘ljallangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. Tadbirga tibbiyot sohasi mutaxassislari va ekspertlar ham jalb etilib, ularning tizimni yanada takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari yuzasidan fikrlari olindi.
Qo‘mita a’zolariga endi ishni kabinetda o‘tirib qog‘ozda emas, balki amalda, joylarda, har bir tibbiyot muassasasiga kirib, uyma-uy yurib tashkil qilish vazifasi yuklatildi.
Qo‘mita a’zolari tibbiyot muassasalarida mutaxassis kadrlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish va aholiga ixtisoslashgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga ko‘maklashish, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.