O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2018-01-10 | Siyosat

2018-yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari–Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litszeni qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro do‘stona hamkorlik barcha sohalarda yuksak samaralar berayotganligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning may oyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lganda davlatlarimiz rahbarlari tomonidan imzolangan muhim hujjatlar va erishilgan kelishuvlar bugun keng amalga oshirilmoqda. Agrar sohada muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan o‘nlab loyihalar shular jumlasidandir.

O‘zbekistonda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan elchiga ko‘p yillik muvaffaqiyatli faoliyati va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli sohalarda va yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

O‘z navbatida O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni rivojlantirish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga munosib hissa qo‘shib kelayotganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari–Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayevga elchixona diplomi topshirildi.

Поделиться