O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda yagona Saylov kodeksi ishlab chiqiladi

2018-01-10 | Saylov

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni parlament deputatlari izchil ijro etishga kirishgan. 

O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamda O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va partiya fraksiyasi yig‘ilishlarida bu borada amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbirlar muhokama etildi. 

Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va uning barcha darajadagi deputatlik guruhlaridan alohida faollik talab etilishi ta’kidlandi. 

Bunda avvalo sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlash, xususan, partiya tashabbusi bilan ko‘p yillik tajriba va izlanishlar asosida ishlab chiqilayotgan “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda takomiliga yetkazib, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish belgilab olindi. 

Yig‘ilishda advokatlarning konsalting xizmati, ya’ni maslahat berish va tadbirkorlik subyektlariga huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatini kengaytirishga qaratilgan “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish taklifi ilgari surildi. 

Deputatlar partiya dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Bu borada nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limda attestatsiya va akkreditatsiya qilish jarayonlarida yengilliklar yaratish, sohaning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash lozimligi qayd etildi. Olib borilayotgan ishlar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamda Davlat test markaziga parlament so‘rovini yuborish masalasi muhokama etildi. 

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi yig‘ilishida Prezidentimiz Murojaatnomasida bayon etilgan vazifalardan kelib chiqqan holda partiya fraksiyasining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani aytildi. Mazkur reja 6 bo‘lim, 20 banddan iborat bo‘lib, unda 50 ga yaqin dolzarb va muhim masalani hal etish bo‘yicha mexanizmlar belgilangan. Yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish, "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasi yuzasidan takliflar ishlab chiqish, turizmni rivojlantirish yuzasidan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va boshqa masalalar shular jumlasidan. 

Murojaatnomada davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan taklifga asosan 4 yanvar kuni palataning yalpi majlisida Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasini tuzish bo‘yicha qaror qabul qilingani ham deputatlar zimmasiga jiddiy vazifalar va mas’uliyat yuklanganidan dalolatdir. 

Quyi palataning qonun ijodkorligi ishlari sifatini tubdan yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tashkil etilgani parlamentning faolligi, roli va ta’siri oshishiga, xalqchil, hayotiy qonunlar qabul qilishga, pirovardida mamlakatimizning jadal taraqqiy etishiga xizmat qiladi. 

Murojaatnomada davlat boshqaruvini haddan tashqari markazlashtirishdan voz kechish, ko‘pgina vakolatlarni markaziy davlat organlaridan hududiy organlarga o‘tkazish vazifasi qo‘yildi. Bu mexanizmning har tomonlama shaffof va samarali ishlashi uchun mahalliy Kengashlar deputatlarining faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ularning roli, vakolatlari oshirildi. Siyosiy partiyalarning mahalliy hokimiyat idoralarini shakllantirish borasidagi vakolatlari bosqichma-bosqich kengaytiriladi. 

Tadbir ishtirokchilari xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi guruhlari o‘z vazifa-vakolatiga jiddiy mas’uliyat bilan yondashishi, aholi murojaatlariga katta e’tibor bilan munosabatda bo‘lishi va fuqarolarning huquq-manfaatlarini qat’iy himoya qilishi, aniq takliflar, qarorlar qabul qilishda faollik ko‘rsatishi lozimligiga e’tibor qaratdi. 

 

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA

Поделиться