O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv
2018-01-08 | Siyosat
2018-yilning 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Atikulloh Nosher boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv davomida 2017-yil sentabrda Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi va noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan tashabbuslarni amalga oshirishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Afg‘oniston Elchisi Sayid Shahobiddin Temuriy ishtirok etdi.
Zafar Yuldashkulov olgan surat