O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifini boshladi
2018-01-05 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 5 yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga tashrif buyurdi.
Zangiota tumanidagi “Highway Logistics” markazida tashkil qilingan bojxona bo‘limi, mavjud texnikalar, transport qatnovi va mahsulotlarni ortish hamda yetkazish tizimi bilan tanishib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.
Bu kabi logistika markazlarini har bir viloyatda tashkil qilish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yerda Toshkent viloyatining eksport salohiyatini oshirish, 2018-2019 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, charm-poyabzal sohasini rivojlantirish, chorvachilik, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish dasturlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Prezident loyihalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Davlat rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi davom etmoqda.