O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘onalik eng yaxshi sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi

2018-01-04 | Sport

Farg‘onada «Yilning eng yaxshi sportchisi», «Yilning eng yaxshi sport hakami», «Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi», «Yilning eng yaxshi yosh sportchisi» kabi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlanib, taqdirlandi. 

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyatdan yetishib chiqqan Osiyo va jahon chempionlari, yosh sportchilar, ota-onalar ishtirok etdi. 

– Bunday tadbirlar sportchilarni yanada yuksak g‘alabalarga ruhlantiradi, – deydi «Shuhrat» medali sohibasi Gulchehra Abdurasulova. – Turon yakka kurashi bo‘yicha ko‘plab shogirdlar tarbiyalab kelmoqdaman. 20 nafar shogirdim mamlakat chempioni bo‘ldi, Osiyo va jahon miqyosida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Sportchilarimiz Yangi yilda yanada ulkan marralarga erishishi uchun biz, murabbiylar ham astoydil harakat qilamiz. 

Keyingi yillarda farg‘onalik ko‘plab sportchilar nufuzli xalqaro musobaqalarda salmoqli natijalarni qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, 2017-yil viloyat sportchilari uchun ham yanada omadli bo‘ldi. Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni Lazizbek Mullajonov, belbog‘li kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlari g‘olibi Obidali Mavlonov, qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempioni Nurmuhammad Akbarov, Maqsudali Haydarov singari yoshlar O‘zbekiston faxriga aylandi. Sarvinoz Saidxo‘jayeva, Hulkar Tohirjonova, Kamola Rahmonova, Dinara Mamatibrohimova, Nodira Muhammadjonova kabi sportchi qizlar xalqaro miqyosda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. 

 

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA

Поделиться