O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan qutlovlar
2015-04-17 | Siyosat
Mamlakatimizda 2015-yil 29-mart kuni bo'lib o'tgan saylovda Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va yetakchi kompaniyalar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblari nomidan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Jumladan:
Polsha Respublikasi Prezidenti – Bronislav Komorovski
Isroil Davlati Bosh vaziri – Benyamin Netanyaxu
Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti – Almazbek Atambayev
Kuvayt Davlati Bosh vaziri – Jobir al-Muborak al-Hamad as-Saboh
Yaponiya sobiq bosh vaziri, parlamentdagi O'zbekiston bilan do'stlik ligasi faxriy maslahatchisi, 2020-yilda Tokioda o'tkaziladigan yozgi Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi prezidenti – Yoshiro Mori
Yaponiya parlamentidagi "Yaponiya demokratik partiyasi – O'zbekiston" do'stlik ligasi raisi, Vakillar palatasi deputati – Koitiro Gemba
"Xanjin Grupp" raisi, "Korean Eyr" kompaniyasi raisi – Cho Yang Xo
Yaponiya neft, gaz va metallar milliy korporatsiyasi prezidenti – Xirobumi Kavano
"Mitsubisi Korporeyshn" boshqaruvi raisi – Yorixiko Kojima
"Mitsubisi Xevi Indastriz" prezidenti va bosh ijrochi direktori – Shun'ichi Miyanaga
"Mitsubisi Xitachi Pauer Sistems" prezidenti va bosh ijrochi direktori – Takato Nishidzava
"ITOChU Korporeyshn" prezidenti va bosh ijrochi direktori – Masaxiro Okafudzi
tabrik yo'llagan.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.