O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida
2017-12-31 | Fan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4907-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, Fanlar akademiyasi a’zolari tarkibini fanning ustuvor yo‘nalishlarida olib borayotgan faol ilmiy-tadqiqot izlanishlari natijalari bilan respublika va xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan taniqli olimlar hisobiga kengaytirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlansin:
Azamov Abdulla - Fanlar akademiyasi Matematika instituti bo‘lim mudiri
Baxadirxanov Muxamed Kabir - Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri
Baxramov Sagdilla Abdullayevich - Fanlar akademiyasi fizika-matematika va texnika fanlari bo‘limi rahbari-ilmiy kotibi
Zaynabidinov Sirajidin - Andijon davlat universiteti professori
Laqayev Saidaxmat Norjigitovich - Samarqand davlat universiteti kafedra mudiri
Usmanov Timurbek - Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri
Egamberdiyev Shuxrat Abdumannapovich - Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori
Jalilov Abdulaxat Turapovich - “Toshkent kimyo-texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti” davlat unitar korxonasi direktori
Ibragimov Baxtiyar Tulyaganovich - Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi
Namazov Shafaat Sattarovich - Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri
Turayev Abbasxan Sabirxanovich - Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori o‘rinbosari
Abduraxmonov Ibroxim Yulchiyevich - Innovatsion rivojlanish vaziri
Sabirov Ravshan Zairovich - Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri
Tojibayev Komil Sharobitdinovich - Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori
Allayev Kaxraman Raximovich - Toshkent davlat texnika universiteti professori
Igamberdiyev Xusan Zakirovich - Toshkent davlat texnika universiteti professori
Mirsaidov Mirziyod - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti kafedra mudiri
Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich - Toshkent davlat agrar universiteti rektori
Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich - O‘zbekiston Milliy universiteti professori
Yusupova Diloram Yunusovna - Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi
Karimov Naim Fatixovich - Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi yetakchi ilmiy xodimi
Mirzayev To‘ra - Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi
Saidov Akmal Xolmatovich - Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori
Jurayev Risbay - Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti loyiha rahbari
Alyavi Anis Lyutfullayevich - Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari
Aripova Tamaraxon Uktamovna - Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika immunologiya ilmiy markazi direktori
Inoyatova Flora Ilyasovna - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari
Kurbanov Ravshanbek Davletovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Nazirov Feruz Gafurovich - akademik V.Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
Xakimov Akbar Abdullayevich - Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti bo‘lim mudiri
2. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yo‘ldoshev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari doirasida 2018-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin, ijrosini nazoratga olsin va rejalashtirilgan barcha tadbirlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin.
“Yo‘l xaritalari”da Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolari tomonidan, jumladan, quyidagi yo‘nalishlardagi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilsin:
ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat;
ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish;
joylarda ilmiy maktablarni rivojlantirish;
o‘z faoliyatiga tegishli hududiy va tarmoq muammolarining ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;
ta’lim jarayonida ishtirok etish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish;
xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro miqyosda O‘zbekiston ilm-fani nufuzini yuksaltirish;
ilm-fan taraqqiyotini ta’minlash va innovatsion jarayonlarni jadallashtirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning mazmun-mohiyatini, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini joylarda keng targ‘ib qilish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yo‘ldoshev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolarining 2018- yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari” ijrosi monitoringini yuritsin hamda yilning har chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumot kiritib borsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.