O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Qirg‘izistonning teplovoz va yuk vagonlarini imtiyozli ta’mirlashi mumkin

2017-12-29 | Jamiyat

O‘zbekiston va Qirg‘iziston temir yo‘l kompaniyalari temir yo‘llar orqali tashilayotgan tovarlar uchun alohida chegirmalar joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Bu haqda “Qirg‘iz temir yo‘llari” milliy kompaniyasi rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Xabarda temir yo‘llar orqali tashilayotgan yuklarga 30 foizgacha chegirmalar berilishi aytilmoqda. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Qirg‘iz temir yo‘llari” milliy kompaniyasi teplovoz va yuk vagonlarini imtiyozli ta’mirlash, ehtiyot qismlarini yetkazib berishga xayrixohlik bildirgan. 

Ikki davlat temir yo‘l kompaniyalari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida, shuningdek, yo‘lovchi tashuvchi poyezdlar qatnovini muvaffaqiyatli amalga oshirish yuzasidan ham istiqbolli rejalar belgilab olingan. 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekovning 2017-yil 13-14 dekabr kunlari mamlakatimizga tashrifi doirasida bir qator muhim hujjatlar imzolangandi. Jumladan, ikki mamlakat rahbarlari “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li qurilishini imkon qadar tezlashtirish masalasini kelishib olgandi.

Поделиться