O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqandda ham boshlandi. Samarqand shahriga kirishdagi “Shtab” maskani endi yo‘q
2017-12-29 | Jamiyat
Prezidentimizning Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Samarqand viloyatidagi to‘rtta yo‘l-patrul xizmati maskani olib tashlandi.
Bular – Samarqand shahriga kirishdagi “Shtab” maskani, Oqdaryo va Ishtixon tumanlari chegarasidagi “Loyish” maskani, Pastdarg‘om tumaniga kirishdagi “Charxin” maskani va Narpay tumanidagi “Mirbozor” yo‘l-patrul maskanidir.
Yo‘llarda qatnov tig‘iz bo‘lgan paytlarda tirbandliklar yuzaga keladigan yo‘l-patrul xizmati maskanlaridan bugun transport vositalari erkin harakatlanmoqda.