O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zLiDeP 2018-yilda “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishiga erishmoqchi
2017-12-29 | Jamiyat
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiquvchi partiyaning oldidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Partiya mazkur sohani isloh qilishda ham faol ishtirok etishni rejalashtiryapti. Jumladan, “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish 2018-yildagi ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Ushbu ishlarni kelgusi yilning birinchi choragidan kechikmasdan amalga oshirish rejalashtirilmoqda.