O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2018-yildan boshlab Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarida uzluksiz 3 kun dam olinadi
2017-12-28 | Jamiyat
Xalqimizning ma’naviy hayotida oliyjanoblik, minnatdorchilik, ezgulik, rahmdillik, hamjihatlik fazilatlari belgilanishida muqaddas Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yuksaltirish va saqlab qolish maqsadida 2018-yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga qo‘chirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmonida keltirilmoqda.
Farmonning to‘liq matni bilan tanishish uchun yangiliklarni kuzatib boring.