O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonga sayohatim o‘tayotgan yildagi eng esda qolarli voqea bo‘ldi

2017-12-28 | Jamiyat

Yangi yil eshik qoqmoqda. 2018-yilni yangi orzular, ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olishga hozirlik ko‘rilmoqda. Buni mamlakatimizga kelgan xorijlik sayyohlar ham ta’kidlamoqda.

O‘zA muxbiri ulardan ayrimlarining fikrlari bilan qiziqdi. 

Yun Chong (Janubiy Koreya): 

– Sayohat uchun O‘zbekistonni tanlaganimdan mamnunman. Xalqingizning mehmondo‘stligi, ochiq tabiati, har narsadan hikmat va yaxshilik izlashdek fazilatlari menda katta taassurot qoldirdi. 

Bayram shukuhi kezib yurgan shu kunlarda bolajonlar bilan gavjum bog‘laru maydonlarda tashkil etilayotgan ko‘ngilochar tomoshalar dillarga zavq bag‘ishlamoqda. Ayniqsa, tungi Toshkent manzaralari kishini ertaklar olami sari yetaklayotgandek. Mustaqillik maydoni, turfa chiroqlar va bezaklar bilan bezatilgan Alisher Navoiy nomidagi shohko‘chada shodiyonaga alohida hozirlik ko‘rilgan. 

O‘zbekistonga sayohatim o‘tayotgan yilda men uchun eng esda qolarli voqea bo‘ldi. 

Anton Levitskiy (Latviya): 

– O‘zbekistonga bundan bir necha yillar avval kelgan edim. O‘tgan vaqt ichida amalga oshirilgan o‘zgarishlar kishida yaqqol tasavvur paydo qiladi – mamlakatingiz taraqqiyot sari dadil odimlayotgani, xalqingiz barcha o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlayotgani kishini ruhlantiradi. Menga bir yil ichida Toshkentda ko‘plab zamonaviy inshootlar, turar joylar, yo‘l va ko‘priklar barpo etilganini aytishdi. Ozoda, fayzli, bayramona bezatilgan ko‘chalarni kezarkanman, yurtingizga havasim yanada ortdi. 

Sayohatim davomida yurtingizning noyob me’moriy obidalari bilan mashhur shaharlari, boy tarixi, asriy an’analari bilan tanishdim. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xorijiy sarmoyadorlar uchun qulay biznes muhiti yaratish borasidagi ishlar menda katta qiziqish uyg‘otdi. Shu bois mamlakatingizga kelgusi tashrifimda biznes loyihalarimni yanada kengaytirish istagidaman. 

Xalqingizda “Bir ko‘rgan tanish, ikki ko‘rgan qarindosh”, degan naql bor ekan. Men ham qadrdon o‘zbekistonlik hamkorlarim bilan og‘a-ini bo‘lib, kirib kelayotgan 2018-yilni ko‘tarinki ruhda nishonlashni rejalashtirganman. 

Chao Xing (Xitoy): 

– O‘zbek va xitoy xalqlarining madaniyati, dunyoqarashi o‘xshash. O‘zbekiston bo‘ylab safarim davomida o‘zligini zamon bilan uyg‘un saqlay olgan yuksak madaniyatli xalqingizning fazilatlariga guvoh bo‘ldim. 

O‘zbekiston zamonaviy sayyohlik infratuzilmasiga ega mamlakat. Yurtingizdagi tinchlik-osoyishtalik, zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari, yuqori sifatli xizmat turlari bu yerga kelayotgan sayyohlar ortishiga xizmat qilayotir. Xususan, qadimiy Buxoro shahrida Prezidentingiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz shahar” loyihalari amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘ldim. 

Ommaviy axborot vositalari, internet orqali O‘zbekistonning jahonda tinchlikni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari haqida iliq fikrlarni ko‘p bora eshitmoqdamiz. Kirib kelayotgan 2018-yilda xalqingizning barcha ezgu tilak va istaklari ijobat bo‘lishini tilayman. 

Samuyel Matteo (Italiya): 

– Yangi yil barcha uchun birdek sevimli bayram. Bu yilgi bayramni oila a’zolarim bilan O‘zbekistonda kutib olayotganimizdan xursandmiz. 

Safarimizni Samarqanddan boshladik. Qayerga bormaylik, bayram shukuhi ko‘zga tashlanadi. Maydonlarda ko‘rkam archalar qad rostlagan, bozorlarda savdo yarmarkalari tashkil etilgan. Odamlar shodu xurramlik bilan bayramni nishonlamoqda. Bu yurtingizga yanada fayz bag‘ishlagan. 

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman. Tinchlik va xotirjamlik, farovonlik doimo hamrohingiz bo‘lsin. 

 

 

Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA

Поделиться