O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident madaniyat va san’at sohasi rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

2017-12-25 | Siyosat

Shu yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida madaniyat va san’at sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, mamlakatimizda barcha tarmoqlar qatori madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratilib, bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, shu yil 3-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning yurtimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvi soha rivojida yangi tarixiy davrni boshlab berdi. Ana shu uchrashuvda milliy madaniyatimiz, adabiyotimiz va san’atimizni rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar tanqidiy tahlil qilinib, ularni hal etish yo‘llari, ijodiy uyushmalar va davlat tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar ko‘rsatib berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 22-dekabrda Oliy Majlisga taqdim etilgan Murojaatnomasida ham mazkur soha rivojiga alohida urg‘u berilib, xalqimiz, jamiyatimizning ma’naviy yuksalishida madaniyat va san’at ahli oldida turgan vazifalar aniq bayon qilindi.

Bo‘lib o‘tgan majlisda ana shu vazifalarni bajarish bo‘yicha Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va ijodiy tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Ularning faoliyatiga tanqidiy baho berilib, bu boradagi ishlarni faollashtirish va yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha jadal ish olib borilmoqda. Shunga qaramay, majlisda Badiiy akademiya faoliyatida bir qator kamchilik va muammolar uchrayotgani, ularni tezlik bilan bartaraf etish lozimligiga e’tibor qaratildi.
Tegishli mutasaddi rahbarlarga P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida 400 o‘rinli, Respublika dizayn kollejida 200 o‘rinli o‘quvchilar turar-joyini qurish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlash yuzasidan topshiriq berildi.

Majlisda madaniyat va san’at sohalarida sidqidildan xizmat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ularning uy-joy, ijtimoiy va tibbiy sharoitlarini yaxshilash, gonorarlar miqdorini oshirish, yosh iste’dod egalarining salohiyatini yuzaga chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish g‘oyat muhim vazifalardan biri ekani alohida qayd etildi.

Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak: mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi, dedi Prezidentimiz. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma’noda, madaniyat – bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim.

Поделиться