O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Takroriy ovoz berish Toshkent shahrida ikki hafta ichida o‘tkaziladi

2017-12-25 | Saylov

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 114, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 45, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 41, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 33, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan 46 nafar fuqaro deputat etib saylandi.

Bu haqda kecha, 24-dekabr kuni poytaxtda bo‘lib o‘tgan Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari saylovining dastlabki natijalariga bag‘ishlab ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

279 saylov okrugida deputatlar saylandi. O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatalari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonunining 42-moddasiga asosan 51 saylov okrugida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Takroriy ovoz berish ikki hafta ichida qonun talablariga rioya etgan holda o‘tkaziladi.

Saylanganlarning 65 nafarini xotin-qizlar, 17 nafarini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi.

Iqtisodchilar 78 nafar, pedagoglar 55 nafar, muhandislar 45 nafar, shifokorlar 38 nafar, huquqshunoslar 22 nafar va boshqa kasb egalari 41 nafarni tashkil etadi. 

Поделиться