O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Parlament so‘roviga qanday javob berildi?

2017-12-21 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi majlisida senatorlar davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining ta’minotchi, xizmat ko‘rsatuvchi hamda boshqa tashkilotlar oldidagi qarzdorligini keltirib chiqaruvchi sabablar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.Mirzayevga yuborilgan parlament so‘roviga javobni ko‘rib chiqdilar. 

Senatorlar tomonidan ta’kidlanganidek, parlament so‘rovida ko‘tarilgan masalalarni hal qilish maqsadida, Vazirlar Mahkamasida vazirlik va idoralar rahbarlaridan tarkib topgan ishchi guruh tuzildi. Muammoni o‘rganish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra ishchi guruh tomonidan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, unga ko‘ra tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2017- yilgi hosil paxta xomashyosining xarid narxi 2016- yilga nisbatan 56 foizga oshirildi, Vazirlar Mahkamasi huzurida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridini maqsadli moliyalashtirish va qishloq xo‘jaligini texnik jihatdan ta’minlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etildi. Ushbu jamg‘arma tomonidan fermer xo‘jaliklari xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida 2 trillion 905 million so‘m yoki 2016- yilga nisbatan 132 foiz miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. 

Bundan tashqari, 2017- yil paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan yagona yer solig‘ining stavkasi oshirilmadi. Parlament so‘rovini eshitish natijalariga ko‘ra Senat tomonidan tegishli qaror qabul qilindi. 

 
Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться