O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasining Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi

2017-12-21 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisini tayinlashga oid masala ko‘rib chiqildi. 

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ushbu masala bo‘yicha Sherzod Fayziyev O‘zbekiston Respublikasining Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tavsiya etilgan. 

Bungacha Sh.Fayziyev O‘zbekiston Respublikasining Ozarboyjon Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan. 

Masalani atroflicha ko‘rib chiqqan senatorlar Sherzod Fayziyevni O‘zbekiston Respublikasining Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlash bo‘yicha qaror qabul qildi. 

Поделиться