O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Odam savdosiga qarshi kurashish-dolzarb masala

2017-12-20 | Jamiyat

Joriy yilning 18 dekabr kuni Toshkent shahrida joylashgan “O’zbekiston” mexmonxonasining majlislar zalida “Odam savdosiga qarshi kurashish- dolzarb masala” mavzusidagi seminar Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organi - O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan va Toshkent shahar “Istiqbolli avlod” ijtimoiy - axborot markazi hamkorligida o’tkazildi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 17 apreldagi Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi va “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi Qonunlarining ijrosini ta’minlash borasida “O’zbekistonda odam savdosi jabrlanuvchilarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ularni mutasaddi tashkilotlarga yo’naltirishni tashkillashtirish va odam savdosiga qarshi kurashish faoliyatini jadallashtirish” bo’yicha 2016-2017 yillarga mo’ljallangan Tadbirlar rejasi” hamda “O’zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish maqsadida “Dolzarb aloqa” tarmog’ini qo’llab-quvvatlash” doirasida tashkil etildi.

Tadbirda komissiya tarkibiga kiruvchi O’zbekiston Respublikasi IIV, Bosh prokuratura, Xotin-qizlar qo’mitasi, mutasaddi tashkilotlar, xududlarda odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha faoliyat yurituvchi hamkor jamoat tashkilotlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.
Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari, Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha Respublika idoralararo komissiyasi raisi D.A.Nazarmuxamedov ochib berdi. Ijtimoiy sheriklik printsiplariga tayangan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari o’rtasidagi ijtimoiy hamkorlik faoliyatini mustahkamlash, odam savdosini oldini olish, unga qarshi kurashish, qayta yo’naltirish mexanizmi va odam savdosi jabrlanuvchilarini aniqlash identifikatsiya qilish, jinoyat jabrdiydalari bilan ishlash bo’yicha amaliy tajriba bilan tanishish va tajriba almashinuvi seminarning asosiy maqsadi etib belgilangan.

Transmilliy ko’rinishga ega bo’lgan odam savdosiga qarshi kurashish uchun barcha davlat tashkilotlari va inson huquqlari bo’yicha milliy institutlarning hamkorligini yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash,odam savdosiga qarshi yanada samarali kurashish bo’yicha taklif va tavsiyalar bildirilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

O’zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Поделиться