O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senatorlar 2018 yilgi Davlat byudjetini ma’qullashdi

2017-12-20 | Siyosat

Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda senatorlar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdi.

Majlisda qayd etilishicha, joriy yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot 5,5 foiz, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 5,7 o‘sishi prognoz qilinayapti. Tovar va xizmatlar eksporti esa 14,4 foizga oshib, 13,9 milliard AQSh dollariga yetishi kutilmoqda. Bunda ijobiy saldo 854 million dollardan ziyodni tashkil qiladi. Shuningdek, mamlakatda inflyatsiya ko‘rsatkichlari 14 foiz atrofida bo‘lishi mo‘ljalanayapti. Davlat byudjeti 0,1 foiz profitsit bilan ijro etilishi ko‘zda tutilayapti.

2018 yilgi Davlat byudjeti xalqaro moliya institutlari tomonidan tan olingan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, baholash indekslari asosida tuzilgan. Xususan, 2018 yilda yalpi ichki mahsulot 290,6 trillion so‘m miqdorida, deflyator 14,1 foizni, iste’mol narxlari indeksi 12-13 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Davlat byudjeti YaIMga nisbatan 0,02 foiz profitsit bilan ijro etilishini tasdiqlash kutilayapti.

Senatorlar atroflicha muhokamadan so‘ng 2018 yilgi bosh moliyaviy hujjatni ma’qulladilar.

Поделиться