O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasida: aholi qanday fikr bildirmoqda?

2017-12-15 | Siyosat

Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga joriy yil yanvar oyida tashrif buyurgan edi. Oradan o‘n bir oy o‘tib davlatimiz rahbari yana Orolbo‘yiga keldi. O‘tgan shu davr mobaynida Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ushbu hududda amalga oshirilgan olamshumul ishlar aholi kayfiyatini ko‘tarib, ularni yangi marralar sari ilhomlantirmoqda. 

O‘zA muxbiri ularning ayrimlarining fikrlari bilan qiziqdi: 

Abdulla Karimov, Ellikqal’a tumanidagi «Soribiy limonariya» xususiy korxonasi rahbari: 

- Davlatimiz rahbari joriy yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlar ijrosini ko‘rib qalbimizda iftixor tuyg‘usi jo‘sh urmoqda. Joriy yilg sentabr oyida korxonamiz ishga tushdi. Korxonada tibbiy muolajalar uchun kislorod ishlab chiqariladi. Bugun mamlakatimizda tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimizning tashabbusi bilan yaratilgan qulayliklar bizni yangi marralar sari ilhomlantirmoqda. Davlatimiz rahbarining tadbirkorlikka to‘siq bo‘lish davlat siyosatiga qarshi turish bilan barobar, degan so‘zlarini har bir tadbirkorlik subyektlari peshtoqiga osib qo‘ysa arziydi. 

Dilfuza Xo‘janova, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Chimboy tumani bo‘limining nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sho‘ba mudiri: 

- Prezidentimizning tumanimizga tashrifi doirasida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishgani sohaga qaratilayotgan katta e’tiborning yana bir ifodasi bo‘ldi. Davlatimiz rahbari o‘zining chiqishlarida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘p bora ta’kidlamoqdi. 

"Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish uchun an’anaviy ta’lim xizmatlari bilan bir qatorda ta’lim olishning sifatli va ommabop muqobil imkoniyatlarini yaratadigan pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini jadal rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bugun bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Eng asosiysi sifatli ta’lim va tarbiya tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Injigul O‘tarova, uy bekasi: 

- Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Prezidentlik lavozimiga kirishganiga mana bir yil bo‘ldi. O‘tgan shu bir yil davomida juda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini hayotimizda ko‘rib, ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borayapmiz. 

Prezidentimiz o‘zlari bosh bo‘lib, xalq bilan muloqot qilmoqda, aholi dardini eshitib, ularning muammolariga yechim topmoqda. Birgina Nukus shahrida amalga oshirilgan ishlarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Bugun shahar butunlay o‘zgarib ketdi. Olis Mo‘ynoq tumanida yashaydigan qarindoshlar bilan gaplashganimizda, Prezidentimiz o‘z so‘zining ustidan chiqib, u yerga toza ichimlik suvi olib borganini faxr va chuqur minnatdorlik bilan tilga olishadi. Bu kabi ezgu ishlarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. 

Abu Bakir O‘rozov, O‘zA 

Поделиться