O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sooranbay Jeenbekov Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi
2017-12-14 | Siyosat
Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lgan Prezident Sooranbay Jeenbekov bugun Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi.
Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyalari va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi ishlarni yakuniga yetkazish, yangi o‘tkazish punktlari ochish va ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi, qator hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekovni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo‘ydi.