O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ot sporti: shahar chempionatida g‘oliblar nomi aniqlandi

2017-12-07 | Sport

Poytaxtimizdagi Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan shahar chempionatida g‘oliblar nomi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi tomonidan tashkil etilgan musobaqaning ikkinchi kunida sportchilar 6 to‘siqdan sakrash va konkur bo‘yicha bahslashdi. 

100 va 110 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda Yormuhammad Fozilxo‘jayev hamda Zokir To‘rajonov oltin medalni qo‘lga kiritdi. 6 to‘siqdan ot sakratishda Omina Yo‘ldosheva, Zokir To‘rajonov, Javlon Ismoilov shohsupaga ko‘tarildi. 

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться