O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorijiy sarmoyadorlar yangi geologik obyektlarga qiziqish bildirmoqda

2017-12-07 | Iqtisodiyot

So‘nggi yillarda mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhit yaratildi. U davlatimiz rahbarining sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash va xorijiy investitsiyalarni turli sohalar, hususan, tog‘-geologiya tarmog‘iga jalb qilish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlari doirasida muntazam takomillashib bormoqda.

Taqdimotlar, biznes forumi va anjumanlar salohiyatli sarmoyadorlarni keng xabardor qilishning an’anaviy shakllaridandir. “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida tashkil etilgan “O‘zbekistondagi qattiq foydali qazilmalarning investitsiyaviy salohiyati” – “O‘ZGEOINVEST – 2017” xalqaro anjumani aynan shu maqsadga qaratildi. Unda 20 xorijiy kompaniyaning 50 dan ortiq vakili qatnashdi. 

Tadbir Prezidentimizning joriy yil 24-maydagi qattiq foydali qazilmalarning strategik muhim turlarini geologik o‘rganish va konlarni o‘zlashtirishga chet el investitsiyalarini jalb qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq tashkil etildi. Mazkur hujjatga muvofiq xorijlik sarmoyadorlar bilan hamkorlik qilishda aniq harakatlar mexanizmi va o‘zaro aloqalar tartibi tasdiqlandi. 

Ushbu muhim hujjat chet el tadbirkorlari uchun mamlakatimiz tog‘-geologiya tarmog‘ini yanada liberallashtirish va uning ochiqligini oshirish, oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, rux kabi qattiq qazilmalarning strategik muhim turlari, nodir va kamyob metallar, temir singari yurtimizning boy yer osti boyliklarini o‘zlashtirishga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni kuchaytirishga qaratilgan. 

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi “Qattiq foydali qazilmalar va konlarni geologik o‘rganish maqsadida dasturiy istiqbolli tanlangan maydonlarni va foydali qazilmalarining strategik muhim turlari sanoatini o‘zlashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mezonlarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, xorijiy sarmoyadorlar uchun 29 kon va 111 qattiq foydali qazilmalarning istiqbolli maydoni taklif etilmoqda. Xususan, sarmoyadorlar uchun qimmatli metallar bo‘yicha 12 kon va 31 istiqbolli maydon, rangli metallar bo‘yicha 18 maydon, noyob yer osti metallari bo‘yicha 14 kon va 51 maydon taklif etilmoqda. 

Joriy yil 12 istiqbolli maydonni geologik tadqiq etish va oltita konni ishlab chiqish bo‘yicha “B2 Gold” (Kanada), “Rosgeoperspektiva” (Rossiya), “Shindong Resourses” (Janubiy Koreya), “TUMAD” (Turkiya), “NordGold” (Buyuk Britaniya) kabi kompaniyalar bilan hamkorlik bitimlari imzolandi. 

– O‘zbekiston rahbariyati tomonidan iqtisodiyotni liberallashtirish, xususan, tog‘-geologiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabar topgach, biz mineral resurslarni hamkorlikda qazib olishning yangi imkoniyatlari bilan qiziqib qoldik, – deydi Kanadaning “B2 Gold” kompaniyasi bosh geologi Daglas Makloxlin. – Qator muzokaralar va qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan tanishgandan so‘ng, istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdik. Tez orada Navoiy viloyatidagi uchta istiqbolli maydonda tadqiqot ishlarining birinchi bosqichini boshlaymiz. Ushbu qidiruv ishlariga taxminan 2 million dollar, istiqbolli konlar aniqlanishiga qarab esa 20-30 milliongacha va undan ko‘proq mablag‘ jalb etiladi. 

– Joriy yil olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida biz o‘zbekistonlik hamkorlar bilan Navoiy viloyatidagi Qozoqtov va Qozoqtov-1 istiqbolli maydonlarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazishga kelishib oldik, – deydi Rossiyaning “Rosgeoperspektiva” kompaniyasi bosh direktori Vladimir Chechulin. – Ta’kidlash joizki, hamkorlik doirasidagi geologiya-qidiruv ishlarida mutlaqo zamonaviy va muvaffaqiyatli usullardan foydalaniladi. Xususan, ma’danlarni aniqlashda yangi aerofizik usul O‘zbekistonda ilk bor qo‘llaniladi. 

Anjuman yakunlari bo‘yicha chet el investitsiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etgan holda sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha uchta bitim imzolandi. Loyihaning dastlabki bosqichida 8 million dollar, istiqbolli konlar aniqlangach esa yana qariyb 30 million dollar va undan ko‘proq miqdordagi sarmoya jalb etiladi. 

Investitsiyaviy loyihalar qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda geologiya-qidiruv bitimlari doirasida amalga oshiriladi.

 

Behzod Bozorov, O‘zA

Поделиться