O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

G’allaoroldagi tadbir diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy illatlariga qaratildi

2017-12-07 | Jamiyat

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 fevraldagi majlisi bayoni bilan tasdiqlangan dasturning 1 yo’nalishi “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlari”ning ijrosini ta’minlash maqsadida umumiy o’rta ta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida targ’ibot tadbirlari va davra-suhbatlari tashkil etilmoqda.

Shu kabi tadbirlar Jizzax viloyat hokimligi, O’zMTDP Jizzax viloyat Kengashi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Jizzax viloyat Kengashi hamda hududdagi harbiy qismlar bilan hamkorlikda G’allaorol tumanidagi Lalmikor kasb-hunar kolleji va 22-maktabida o’tkazildi.

“Diniy ekstremizm va terrorizmning do’sti-loqaydlik, dushmani-ogohlik! Tanlash esa o’z qo’lingda!” mavzusida davra-suhbatlarida qayd etilganidek, inson sha’ni, uning erkinligi oliy qadriyat. Ammo keyingi yillarda giyohvandlik, OITS, odam savdosi kabi illatlar qatorida diniy ekstremizm va terrorizm global muammoga aylanib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda mazkur muammolarning oldini olish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan oramizda bilib bilmay mazkur illatlarning domiga ilinib qolayotgan o’g’il-qizlar ham ming afsuski yo’q emas.

– Axborot texnologiyalarining mislsiz taraqqiyoti natijasida jahondagi globallashuv jarayoni faollashmoqda, – deydi O’zMTDP Jizzax viloyat Kengashi devon rahbari Alisher Aripov. – Ana shunday bir davrda turli yo’llar bilan yurtimizga kirib kelayotgan yot g’oyalar, ekstremistik oqimlardan saqlanish, o’zligimiz va manfaatlarimizni himoya qilish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biridir.

Globallashuv jarayonida bu illatlar dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan jiddiy muammoga aylanmoqda. Mazkur illatlar ortidan manfaat ko’rayotgan ayrim kimsalar esa dinni buzib talqin qilgan holda dinni niqob qilib, buzg’unchi va diniy aqidaparastlik g’oyalarini ilgari surmoqda. Achinarlisi, bugungi kunda mazkur jinoyatlarning qurboniga aylanayotganlarning asosiy qismini yoshlar tashkil qilmoqda.

– Yurtimizda inson sha’ni va qadr-qimmati yuksak e’tiborda. Shunday ekan turli yot g’oyalarga qarshi kurashda fuqarolar, ayniqsa biz yoshlar huquqiy madaniyatimizni yuksaltirishimiz, shu orqali mazkur  muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz muhim masala, – deydi 22-maktab o’quvchisi Mohinur Abdullayeva. -Biz yoshlar esa mazkur illatlarning domiga tushib qolmaslik uchun o’zimizda mafkuraviy immunitet hosil qilishimiz lozimligi to’g’risida bugun zarur ma’lumotlarga ega bo’ldik.

Targ’ibot tadbirlari doirasida muhokama qilingan mavzularga oid, shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizm kabi illatlarning mudhish oqibatlarini o’zida aks ettirgan mahsus video fil’mlar namoyish etildi.

 

Ulug’bek Mustafayev

Поделиться