O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Afg‘oniston Prezidenti – Buxoro davlat universitetining faxriy doktori
2017-12-06 | Siyosat
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.
Mazkur universitet mamlakatimizdagi yirik bilim maskanlaridan biridir. Undagi 8 fakultetda 7 mingdan ziyod talaba va magistr ta’lim olmoqda.
Afg‘oniston Prezidenti universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari huzurida ma’ruza qildi.
Muhammad Ashraf G‘aniga Buxoro davlat universiteti faxriy doktori unvoni berilgani to‘g‘risida diplom topshirildi.